Biz haqimizda
12news.uz — Oʻzbekistonliklar uchun shaxsiy moliya haqidagi blog.
Biz sizga narxlarni tushunishga yordam beramiz, eng yaxshi variantlarni tanlashni osonlashtiramiz va ortiqcha xarajatlardan saqlaymiz. Pulga oid mavzularni sodda tilda tushuntiramiz, xaridlarni adolatli va batafsil tahlil qilamiz, aksiyalar va chegirmalarni kuzatib boramiz, shuningdek intervyular, sharhlar, reportajlar va foydali maslahatlar tayyorlaymiz.
12news — real narxlar va foydali qarorlar yo‘lida sizning ishonchli yoʻlboshchingiz.
Bizning yondashuvimiz
Takliflarni imkon qadar ochiq va xolis tahlil qilamiz va o‘zingiz qaysi biri siz uchun foydaliroq ekanini tanlaysiz.
Biz uchun foyda va amaliyot muhim: materiallarimiz mavhum maslahatlar emas, balki real raqamlar, misollar va haqiqatan ishlaydigan g‘oyalarga asoslanadi.
Moliyaviy savodxonlikni oqilona iste’mol, barqaror budjet va xotirjam hayotning kaliti deb bilamiz.
Jamoa
Loyiha rahbari — Dmitriy Melexovets.
U jamoa faoliyati va nashrlar sifatiga mas’ul.
U jamoa faoliyati va nashrlar sifatiga mas’ul.
Oʻzbekistonda faoliyat boshlashidan oldin Belarus, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda media-loyihalarga rahbarlik qilgan. Shuningdek, muvaffaqiyatli xalqaro startaplar bilan ishlab, maslahachi bo‘lgan.
Zuhra Abduhalimova — 7 yildan ortiq tajribaga ega jurnalist-mutaxassis. Tahliliy maqolalar, longrid janridagi materiallar va multimedia kontentlari tayyorlashda ixtisoslashgan. Katta ijtimoiy-siyosiy mavzularni yoritishda ma’lumotga asoslangan yondashuv, inson taqdirlari orqali hikoya qilish va ommaviy muhokamani shakllantirishga qaratilgan materiallar bilan tanilgan.
2022–2023-yillarda Media Camp Award (Qozog‘iston, Olmaota) tanlovining finalchisi, 2024-yilda esa Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilgan respublika tanlovida “Veb-saytlarda chop etilgan eng yaxshi materiallar” yo‘nalishida 2-o‘rin sohibi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi bitiruvchisi, shuningdek Webster universitetining EPMM dasturini tamomlagan.
Nega aynan biz?
Kontentni ko‘rishlar uchun emas, balki o‘quvchi foydasi uchun yaratamiz.
Bozordagi real narxlar va takliflarni kuzatamiz, reklamalardan nusxa ko‘chirmaymiz.
Aniq ko‘rsatmalar beramiz: qayerdan xarid qilish va qanday tejash mumkinligini haqida yozamiz.
Agar taklif foydasiz bo‘lsa, buni ochiq aytamiz.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat.
Maqsadimiz — sizga oqilona tanlov qilishda yordam berish.
Maqsadimiz — sizga oqilona tanlov qilishda yordam berish.