1 mlrd so‘mdan ortiq naqd pul operatsiyalari “yuqori riskli” bo‘lishi mumkin

Markaziy bank bank operatsiyalarini nazorat qilish qoidalarini kuchaytirishni rejalamoqda.
Yangi taklifga ko‘ra, ayrim yirik pul o‘tkazmalari endi “shubhali” yoki “yuqori riskli” deb baholanishi mumkin.
Asosiy o‘zgarishlar:
- 1 mlrd so‘mdan ortiq naqd pul Agar jismoniy shaxs hisobiga bir martada yoki 30 kun ichida 1,03 mlrd so‘m va undan ko‘p naqd pul tushsa, bu operatsiya yuqori riskli deb hisoblanadi.
- Bolalar hisobidagi katta pul harakati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisobida 2 ish kuni ichida 16,48 mln so‘mdan ortiq pul kirim-chiqimi bo‘lsa, bu shubhali operatsiya sifatida ko‘riladi. Sababi — bolalar odatda bunday katta mablag‘larni boshqarmaydi.
- Xorijiy davlatlar bilan katta o‘tkazmalar Ayrim “riskli” davlatlardan yoki ularga 412 mln so‘m va undan ortiq pul yuborish yoki olish ham shubhali operatsiya sifatida baholanadi.
- Biznes operatsiyalarida limit kamayadi Oldin shubhali deb topish uchun 8,24 mlrd so‘mlik shartnoma kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi bu chegara 1,236 mlrd so‘mgacha tushirilishi taklif qilinmoqda.
- Karta va elektron hamyonlar 412 mln so‘mdan ortiq pul tushumi shubhali bo‘lishi mumkin, lekin uy yoki mashina oldi-sotdisi bundan mustasno.
Banklar nima qiladi?
Agar operatsiya shubhali deb topilsa, banklar:
- mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumot yig‘adi
- pulning kelib chiqishini tekshiradi
- operatsiya maqsadini aniqlaydi
- mijozning odatdagi faoliyati bilan solishtiradi
Nima uchun bu kerak?
Bu choralar:
- noqonuniy daromadlarni “yuvish”
- terrorizmni moliyalashtirish
- boshqa noqonuniy pul harakatlarini oldini olish uchun joriy qilinmoqda.