200 ming so’mdan 1 million so’mgacha: Toshkentda shamollashdan tuzalish necha so’mga tushadi — klinikalar narxi

Har yili kuz-qish mavsumida gripp va shamollash kasalliklari ko’payib ketadi. Aholi yaxshi shifokorni topolmay tuzalishi kechikib, 2 hissa ko’p pul yo’qotishiga ham to’g’ri keladi.
Bu maqolada qaysi klinikalardan lor shifokorini necha so’mga topish mumin, bemorlaar ularning reytingini qanday baholagan, qanday izohlar yozgani va bir bemorda shamollashdan tuzalish taxminan necha so’mga tushishini tahlil qilib beramiz.
Kuz-qish mavsumida bolalar va katta yoshdagilar birday mavsumiy kasalliklardan aziyat chekadi. Ko’pincha ota-onalar yaxshi shifokor topolmay 2-3 xil klinikaga borishga majbur bo’ladi.
Qaysi klinkalardan lor shifokorini topish mumkin?
Toshkentda lorga ixtisoslashgan klinikalar juda ko’p, lekin bunga ixtisoslashmagan klinikalardan ham lor shifokor faoliyat yuritadi. Dastlab lorga ixtisoslashgan klinkalarni ko’rib chiqamiz.

LORga ixtisoslashgan klinikalar (konsultatsiya narxi: 80 000 so'mdan - 150 000 so'mgacha)
Bu klinikalar faqat LOR kasalliklarini davolashga yo'naltirilgan bo'lib, ular borish uchun eng maqbul joy hisoblanadi.
LORga Ixtisoslashgan klinikalar va ko'p tarmoqli premium klinikalar
Birinchi konsultatsiya
- 80 000 so'm – 150 000 so'm
- 200 000 so'm – 250 000 so'm
Qo'shimcha muolaja (Burun/Tomoq yuvish - 1 marta)
- 50 000 so'm – 100 000 so'm
- 100 000 so'm – 150 000 so'm
Dori-darmonlar (Shifokor tavsiyasi bo'yicha)
- 100 000 so'm – 250 000 so'm
- 150 000 so'm – 300 000 so'm
JAMI TAXMINIY XARAJAT (Yengil shamollashda)
- 200 000 so'm – 500 000 so'm
- 400 000 so'm – 1 000 000 so'm+
Bundan tashqari boshqa klinikalarda ham lor shiforkorlar mavjud. Ko'p tarmoqli (premium) klinikalarda konsultatsiya narxi: 200 000 so'mdan - 250 000 so'mgacha boradi.
Bu markazlarda LOR shifokorlari umumiy tibbiy xizmatlar bilan birga yuqori darajadagi sharoitlarda faoliyat yuritadi.
- Akfamedline: Kichik Halqa Yo‘li, 5A, Telefon: +998 71 203 30 03
- Darmon Service: Chapanata ko'chasi, Telefon: 71 203 00 17
- Shox international hospital: Oybek ko‘chasi, 34, Telefon: +998 71 202 02 12 (24/7 ishlaydi)
- Medion: Shayxontoxur tumani, Zulfiyaxonim ko’chasi 18, Telefon: +99879140-0010

Shamollashdan tuzalish narxlar qanday?
Xarajatlar klinikaga va kasallikning og'irlik darajasiga qarab keskin farq qiladi. Quyida biz aniqlagan narxlar tahlili:
Xizmat turi
LORga Ixtisoslashgan klinikalar (Narx oralig'i)
Ko'p tarmoqli premium klinikalar (Narx oralig'i)
Birinchi konsultatsiya
- 80 000 so'm – 150 000 so'm
- 200 000 so'm – 250 000 so'm
Qo'shimcha muolaja (Burun/Tomoq yuvish - 1 marta)
- 50 000 so'm – 100 000 so'm
- 100 000 so'm – 150 000 so'm
Dori-darmonlar (Shifokor tavsiyasi bo'yicha)
- 100 000 so'm – 250 000 so'm
- 150 000 so'm – 300 000 so'm
JAMI TAXMINIY XARAJAT (Yengil shamollashda)
- 200 000 so'm – 500 000 so'm
- 400 000 so'm – 1 000 000 so'm+
Yuqorida nomlari sanalgan faqat lor klinikalarida 1 martalik konsultatsiya 80ming so’mdan -150 ming so’mgacha yetadi. Konsultatsiyaga qarab umumiy davolanish lor klinikalarida 200-500 minggacha boradi (shifokor yozgan dori darmonlar bilan birgalikda).
Muhim eslatma: Narxlar klinikalar bilan telefon orqali aniqlangan bo'lib, davolanish muddati va zaruriy muolajalar soniga qarab umumiy summa o'zgarishi mumkin. Premium klinikalarda bir marta kelishning o'zi 1 million so'mdan oshib ketishi ham mumkin.
Shamollash yoki grippdan davolanishdagi asosiy maqsad — birinchi urinishda yaxshi shifokorni topish va ortiqcha xarajatlardan qochishdir.
Ixtisoslashuvga e'tibor bering: LORga ixtisoslashgan klinikalar ko'pincha tor sohadagi tajribasi tufayli to'g'ri tashxis qo'yishda samaraliroq bo'lishi mumkin va narxlari ham ko'p tarmoqli markazlarga nisbatan past bo'ladi.
- Reyting va izohlarni tekshiring: Xususan, LOR (Yunusobod) kabi izohlari va reytingi baland klinikalarni tanlash, ikki-uch joyga borish ehtimolini kamaytiradi.
- Bolalar davolanishi: Ota-onalar 2-3 xil klinikaga borish o'rniga, yuqori baholangan mutaxassislarni topish uchun vaqt sarflashlari, pirovardida esa pul va asabni tejashlariga yordam beradi.
Shunday qilib, shamollashdan butunlay tuzalish uchun Toshkentda o'rtacha 200 ming so'mdan 1 million so'mgacha mablag' sarflashingiz mumkin, bu esa sizning tanlovingiz va kasallikning murakkabligiga bog'liq.
Sizga yoqadi


