2025-yilda O‘zbekistondagi banklar 15 trln so‘mdan ortiq sof foyda oldi

2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistondagi banklarning jami sof foydasi 15,01 trln so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistondagi banklarning jami sof foydasi 15,01 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 122,5 foizga ko‘p.
Ayrim banklar to‘rtinchi chorak yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilgan bo‘lsa, ayrimlari hali hisobot taqdim etmagan. Bankers.uz nashri barcha banklarning yil yakunlari bo‘yicha sof foyda ko‘rsatkichlarini jamlab, infografika e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bitta bankdan tashqari barcha banklar 2024-yilni foyda bilan yakunlagan.
O‘zbekistondagi ko‘plab yirik banklar davlat tasarrufida bo‘lib, ular tijorat faoliyati bilan bir qatorda rivojlanishga yo‘naltirilgan institutlar sifatida ham ishlaydi. Bu ularning davlat tomonidan sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanishini anglatadi, natijada sof bozor sharoitida daromadlilikni xolis baholash qiyinlashadi.
Sof foydasi 1 trln so‘mdan oshgan banklar
2024-yil yakunlariga ko‘ra, 5 ta bankning sof foydasi 1 trln so‘mdan oshgan:
- O‘zmilliybank — 1,92 trln so‘m;
- O‘zsanoatqurilishbank — 1,88 trln so‘m;
- Kapitalbank — 1,79 trln so‘m;
- Hamkorbank — 1,7 trln so‘m;
- Orient Finance Bank — 1,04 trln so‘m.
Sof foydasi 500 mlrd so‘mdan oshgan banklar
Yana 7 ta bank 500 mlrd so‘mdan ortiq sof foyda qayd etgan:
- Ipak Yuli Bank — 929,3 mlrd so‘m;
- Trastbank — 865,2 mlrd so‘m;
- Xalq banki — 702,5 mlrd so‘m;
- KDB Bank — 691,1 mlrd so‘m;
- Davr bank — 631,5 mlrd so‘m;
- Asia Alliance Bank — 505,6 mlrd so‘m;
- Biznesni rivojlantirish banki — 503 mlrd so‘m.
100 mlrd so‘mdan 500 mlrd so‘mgacha foyda ko‘rgan banklar
Quyidagi 8 ta bank ushbu oraliqda sof foyda olgan:
- Ipoteka-bank — 399,9 mlrd so‘m;
- Anor bank — 302,8 mlrd so‘m;
- Octobank — 255,9 mlrd so‘m;
- Asakabank — 254,2 mlrd so‘m;
- Aloqabank — 251,5 mlrd so‘m;
- Universal bank — 240,9 mlrd so‘m;
- MKBank (Mikrokreditbank) — 160,8 mlrd so‘m;
- InFinBank — 112,7 mlrd so‘m.
100 mlrd so‘mdan kam foyda ko‘rgan banklar
Yana 8 ta bankning sof foydasi 100 mlrd so‘mdan kam bo‘lgan:
- Agrobank — 97,7 mlrd so‘m;
- APEX BANK — 95,6 mlrd so‘m;
- Uzum bank — 62,7 mlrd so‘m;
- Ziraat bank — 62,2 mlrd so‘m;
- Tenge Bank — 54,86 mlrd so‘m;
- Hayot bank — 41,2 mlrd so‘m;
- Saderat Bank — 25,9 mlrd so‘m;
- Turonbank — 24,9 mlrd so‘m.
10 mlrd so‘mdan kam foyda olgan banklar
Quyidagi 6 ta bank yilni nisbatan kam foyda bilan yakunlagan:
- Mybank (ilgari Madad Invest Bank) — 8,9 mlrd so‘m;
- Open bank (ilgari Smart Bank) — 8,2 mlrd so‘m;
- AVO bank — 6,6 mlrd so‘m;
- Garant bank — 5,2 mlrd so‘m;
- Poytaxt Bank — 0,7 mlrd so‘m;
- TBC Bank — 0,6 mlrd so‘m.
Zarar bilan yakunlagan bank
Faqat bitta bank — Yangi Bank 2024-yil yakunlariga ko‘ra 136,7 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. 15-yanvar kuni Markaziy bank uning litsenziyasini chaqirib oldi. Regulyator qaroriga bank faoliyatida aniqlangan qator kamchiliklar sabab bo‘lgani qayd etilgan.