2026 yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi

Bu haqda 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida ma'lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida mahalla xalqni birlashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda birdamlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Davlat rahbari O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshganini qayd etib, barcha fuqarolarni birlashtiradigan asosiy g‘oya — Vatan va xalq manfaatlari ekanini aytdi.
Shu munosabat bilan prezident 2026 yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
Sizga yoqadi


