2026-yil “Oskar” mukofoti kimlarga berildi?

2026-yil “Oskar” mukofoti kimlarga berildi?

AQShning Los Angeles shahrida Amerika Kino Akademiyasi tomonidan taqdim etiladigan 98-Academy Awards (“Oskar”) mukofotlari topshirildi.

Marosimda eng nufuzli mukofot — “Eng yaxshi film” nominatsiyasi “Jang ortidan jang” kartinasiga nasib etdi. Film rejissyori Pol Tomas Anderson ham “Eng yaxshi rejissyor” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, u film uchun “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi.
Eng yaxshi aktyor va aktrisa
Bu yilgi mukofotlarda:
  • Eng yaxshi erkak aktyor — Maykl B. Jordan, Gunohkorlar filmidagi roli uchun;
  • Eng yaxshi ayol aktrisa — Jessi Bakli, Xamnet filmidagi roli uchun.
Ikkinchi darajali rollar
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor — Shon Penn, Jang ortidan jang filmidagi roli uchun;
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol aktrisa — Emi Medigan, Qurollar filmidagi roli uchun.
Eng ko‘p nominatsiya olgan film
Bu yil nominatsiyalar soni bo‘yicha yetakchilikni Gunohkorlar filmi qo‘lga kiritdi. Rejissyor Rayan Kugler suratga olgan xorror-triller 16 ta nominatsiya bilan rekord natija qayd etdi.
Film muallifi “Eng yaxshi original ssenariy” mukofotini ham qo‘lga kiritdi.
Boshqa muhim mukofotlar
  • Eng yaxshi animatsion film — Key-pop iblis ovchilari
  • Eng yaxshi qo‘shiq — “Golden” (shu film uchun)
  • Eng yaxshi hujjatli film — Janob Hechkim Putinga qarshi (rejissyor Devid Borenshteyn va videograf Pavel Talankin)
  • Eng yaxshi xorijiy film — Sentimental qiymat
Texnik nominatsiyalar
Bir nechta texnik mukofotlarni Frankenshteyn filmi qo‘lga kiritdi:
  • eng yaxshi kostyumlar
  • eng yaxshi grim va soch turmaklari
  • eng yaxshi postanovkachi rassom ishi
Shuningdek:
  • Eng yaxshi vizual effektlar — Avatar: Olov va kul
  • Eng yaxshi ovoz — Formula-1
2026-yil “Oskar” mukofoti kimlarga berildi? | 12news