27-yanvar kuni dollar kursi qanday bo’ladi?

27-yanvar kuni dollar kursi oshishi kutilmoqda.
27 yanvar kuni amalda bo‘ladigan AQSh dollari kursi 15–16 so‘m atrofida oshishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda valyuta bozori ma’lumotlarida qayd etilmoqda.
Banklar taklif qilayotgan kurslarga ko‘ra, hozirda dollarning eng yuqori sotib olish (aholidan qabul qilish) narxlari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:
- Agrobank — 12 045 so‘m
- Garantbank — 12 045 so‘m
- Octobank — 12 040 so‘m
- Trastbank — 12 040 so‘m
Shu bilan birga, banklardan dollar xarid qilish bo‘yicha eng qulay kurslar quyidagicha shakllangan:
- SQB — 12 090 so‘m
- Xalq banki — 12 100 so‘m
- Davrbank — 12 100 so‘m
- Hayotbank — 12 100 so‘m
Mutaxassislar valyuta kursidagi o‘zgarishlar tashqi iqtisodiy omillar, import to‘lovlari hamda ichki valyuta bozoridagi talab va taklif nisbatiga bog‘liq holda shakllanishini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, banklar tomonidan belgilangan kurslar hududlar va kun davomida o‘zgarishi mumkin.
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


