30-aprel O'zbekistonda dollar kursi necha so'm bo'ldi?

Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastga tushdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 30-aprel uchun AQSh dollari kursi 11 974,79 so‘m etib belgilandi.
Mazkur ko‘rsatkich 2026-yil 19-yanvardan buyon qayd etilgan eng past daraja hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, 2025-yil 30-aprel kuni dollar kursi 12 933,16 so‘mni tashkil etgan edi. Shunday qilib, rasmiy kurs so‘nggi ikki kun ichida 98 so‘mga arzonlagan bo‘lsa, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 958,37 so‘mga pasaygan.
Mutaxassislar kursdagi ushbu pasayishni ichki valyuta bozoridagi taklifning ortishi va makroiqtisodiy omillar bilan izohlamoqda.