30 yoshdan oshganlar ham o‘quv markazi ochish uchun ssuda oladi

30 yoshdan oshganlar ham o‘quv markazi ochish uchun ssuda oladi

O‘zbekistonda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun beriladigan imtiyozlar kengaytirilmoqda. Endilikda bunday imkoniyatlardan faqat yoshlar emas, balki 30 yoshdan oshgan fuqarolar ham foydalanishi mumkin.

Yangi farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan boshlab kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan shaxslarga olis va borish qiyin hududlarda o‘quv markazlari tashkil etish uchun foizsiz ssuda ajratiladi. Ushbu ssuda 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan va bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha (taxminan 120 mln so‘m) beriladi.
Avval ushbu moliyaviy yordam faqat 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga taqdim etilgan bo‘lsa, endi yosh chegarasi kengaytirilmoqda.
Shuningdek, farmon bilan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga qaratilgan “spin-off” korxonalar reestri joriy etiladi. Patentlangan ishlanmalar asosida faoliyat yuritayotgan korxonalarga amaldagi imtiyozlar tatbiq etiladi, patentga ega bo‘lmagan ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar esa 2029-yilgacha foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘laydi.
Bundan tashqari, ilmiy loyihalar doirasida yaratilgan ishlanmalarni sinovdan o‘tkazish xarajatlarining bir qismi davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
30 yoshdan oshganlar ham o‘quv markazi ochish uchun ssuda oladi | 12news