5-fevral kuni O‘zbekistonda havo qanday bo’ladi?

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 5-fevral, payshanba kuni O‘zbekiston hududida havo harorati nisbatan pasayadi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ertalab va kechqurun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim paytlarda 12–14 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7–9°, kunduzi 16–18° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s, ba’zi hududlarda 18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2° sovuqdan 3° iliqqacha, Ustyurt platosida esa 0–5° sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida ham ayrim joylarda yog‘ingarchilik va tuman kuzatiladi. Shamol 7–12 m/s, ba’zan 20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0–5° iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s, ayrim joylarda 22 m/s gacha yetadi. Harorat kechasi va kunduzi 7–12° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 6–11°, kunduzi 13–18° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol ba’zi hududlarda 20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7–12°, kunduzi 10–15° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0–5°, kunduzi 10–15° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 3–8° iliq bo‘ladi.
Sinoptiklarning bildirishicha, 6-fevraldan boshlab Qozog‘iston hududidan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Shu sabab ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda 5–9-fevral kunlari qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


