6–12 aprel: O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaruvchan bo‘ladi

6–12 aprel: O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaruvchan bo‘ladi

Joriy hafta O‘zbekistonda ob-havo “karusel” kabi tez-tez o‘zgarib turishi bilan xarakterlanadi. Hafta boshida salqin va yomg‘irli kunlar kuzatilsa, hafta o‘rtasiga kelib havo keskin iliq bo‘lib, yana dam olish kunlari yog‘ingarchiliklar qaytishi kutilmoqda.

Dushanba va seshanba kunlari respublika hududlarining katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanadi. Kunduzgi harorat asosan +15…+17 darajadan oshmaydi, shimol va tog‘li hududlarda esa +10…+13 daraja atrofida bo‘ladi. Shuningdek, kuchli shamollar (sekundiga 20 metrgacha) kuzatilishi mumkin.
Chorshanba va payshanba kunlari ob-havo barqarorlashib, asosan quruq va iliq bo‘ladi. Harorat tez ko‘tarilib, ayrim janubiy hududlarda +30 darajagacha yetishi mumkin. Tungi harorat esa +6…+13 daraja oralig‘ida bo‘ladi.
Juma kundan boshlab yana nam havo oqimlari kirib keladi. Ko‘pchilik hududlarda yomg‘ir, ayrim joylarda esa chaqmoq-momaqaldiroq, do‘l va hatto sel xavfi kuzatilishi mumkin. Ayniqsa, dam olish kunlari yog‘ingarchiliklar kuchayishi ehtimoli bor.
Vodiy hududlarida haftaning deyarli barcha kunlarida yomg‘ir kuzatilishi mumkin.
  • Hafta o‘rtasi — iliq va quruq
  • Hafta oxiri — yana sernam va beqaror
O‘rtacha harorat me’yordan 1–2 daraja pastroq bo‘lishi kutilmoqda.
6–12 aprel: O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaruvchan bo‘ladi | 12news