Aholi bandligini oshirish uchun Jahon bankidan $100 mln jalb qilinadi

Aholi bandligini oshirish uchun Jahon bankidan $100 mln jalb qilinadi

Aholi bandligini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Shu maqsadda Jahon bankidan $100 million miqdorida mablag‘ jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Kasb-hunar ta’limi tizimida o‘qituvchilarni sertifikatlash va malakani baholash markazlarini ochish uchun yangi subsidiyalar joriy etiladi. Shu jumladan, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha diplom yoki malaka pasportiga ega bo‘lishlari shart bo‘ladi. Sertifikatlarni malakani baholash markazlari beradi.
2028-yil boshigacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan subsidiyalar ham amal qiladi. Ularga ko‘ra:
  • O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari sertifikat olish xarajatlarining 50 foizi (20 BHMgacha yoki 8,24 mln so‘mgacha) qoplab beriladi;
  • Malakani baholash markazlari ta’sischilari baholash vositalarining xarajatlarining 30 foizini (200 BHMgacha yoki 82,4 mln so‘mgacha) qoplash uchun murojaat qilishi mumkin.
Prezident qaroriga (PQ-49) muvofiq, joriy yilda kambag‘allik darajasi 2,8 foizga, ishsizlik esa 4,5 foizga pasaytirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 37 ta “og‘ir” tumanlarda kambag‘allik ikki baravarga kamaytirilib, 33 ta “namunali” tuman va shaharlar ishsizlikdan xoli hududlarga aylantiriladi.
Loyihada 1 million kishi doimiy ish bilan ta’minlanishi, 4 million fuqaroning daromadi oshirilishi, 1 million norasmiy ish o‘rnini qonuniylashtirish va 120 ming mutaxassisni bozor talabiga mos kasblarga o‘qitish rejalashtirilgan.
Aholi bandligini oshirish uchun Jahon bankidan $100 mln jalb qilinadi | 12news