AQSh dollarida endi Donald Trump imzosi ham bo‘ladi

AQSh dollarida endi Donald Trump imzosi ham bo‘ladi

2026 yil iyun oyidan boshlab AQSh banknotlarida amaldagi prezident — Donald Trump imzosi paydo bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Bu Amerika tarixida birinchi marta prezident imzosi milliy valutada aks etishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Yangi pullarda Tramp imzosi AQSh G‘aznachilik kotibi Scott Bessent imzosi bilan birga joylashtiriladi. Dastlab 100 dollarlik kupyuralar iyun oyida chop etiladi, keyinchalik boshqa nominallar ham muomalaga chiqariladi. Yangi banknotlarning umumiy dizayni o‘zgarmaydi, faqat imzo qismi yangilanadi.
Mazkur o‘zgarish AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, bu orqali mamlakat tarixi va prezident faoliyati e’tirof etiladi.
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, so‘nggi 165 yil ichida birinchi marta banknotlarda g‘aznachi imzosi olib tashlanishi mumkin. Hozirda esa muomalada Janet Yellen davrida chiqarilgan banknotlar qolmoqda.
Bu qaror ayrim siyosatchilar tomonidan tanqid qilindi. Jumladan, Kaliforniya gubernatori Gavin Newsom iqtisodiy muammolar fonida bunday o‘zgarish noo‘rin ekanini bildirgan.
AQSh dollarida endi Donald Trump imzosi ham bo‘ladi | 12news