AQSH vizasi uchun $15 minggacha garov joriy etildi: Ro’yxatda qaysi davlatlar bor?

Ayrim mamlakatlar fuqarolari uchun endi AQShga kirishda $5 mingdan $15 minggacha garov puli talab qilinadi.
AQSH viza siyosatini keskin o‘zgartirmoqda: ayrim mamlakatlar fuqarolari uchun endi mamlakatga kirishda $5 mingdan $15 minggacha garov puli talab qilinadi. Yangi tartib 2-apreldan kuchga kiradi.
AQSH Davlat departamenti ma’lum qilishicha, bunday talab qo‘yilgan davlatlar soni 50 taga yetdi. Ro‘yxatning katta qismini Afrika mamlakatlari tashkil etadi.
Qaysi davlatlar qo‘shildi?
Yangi ro‘yxatga quyidagi 12 davlat kiritildi:
- Kambodja
- Efiopiya
- Gruziya
- Grenada
- Lesoto
- Mavrikiy
- Mo‘g‘uliston
- Mozambik
- Nikaragua
- Papua Yangi Gvineya
- Seyshel orollari
- Tunis
Garov nima uchun olinadi?
AQSH tomoni bu chorani viza muddatini buzish holatlarini kamaytirish uchun joriy etgan. Ya’ni, ariza beruvchi AQSHni viza muddati tugashidan oldin tark etsa, to‘langan pul to‘liq qaytariladi.
Oldin ham boshlangan edi
2026-yil boshida AQSH allaqachon 38 davlat fuqarolari uchun shunday tartibni joriy qilgan. Ular orasida:
- Turkmaniston
- Tojikiston
Bu davlatlar fuqarolari uchun garov miqdori $5 mingdan $15 minggacha belgilangan.
Kengroq siyosatning bir qismi
Mazkur qaror AQSH immigratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan umumiy choralar doirasida qabul qilinmoqda. Oldinroq ayrim davlatlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga immigrant vizalar berilishi cheklanishi mumkinligi ham muhokama qilingandi.
Shuningdek, Green Card dasturi uchun ham yangi talablar joriy etilgan: endi ariza topshirishda amal qiluvchi pasport ma’lumotlari va uning skaneri majburiy bo‘ladi.