Botanika bog‘ida endi samokat haydab bo‘lmaydi: yangi taqiq joriy etildi

Botanika bog‘ida endi samokat haydab bo‘lmaydi: yangi taqiq joriy etildi

1-apreldan boshlab Toshkentdagi Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlanadi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ilmiy kengash qaroriga tayanib ma’lum qildi.

Ma’muriyatga ko‘ra, ushbu qaror avvalo tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. So‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlardan foydalanish vaqtida yiqilish va turli darajadagi tan jarohatlari bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani qayd etilgan.
Shuningdek, mazkur masala yuzasidan fuqarolardan ko‘plab murojaat va takliflar kelib tushgani ham ta’kidlangan.
Yangi tartib bog‘ hududida tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash, piyodalar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Ma’muriyatga ko‘ra, tashrif buyuruvchilar tabiat qo‘ynida xotirjam piyoda sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘lib qoladi.
Botanika bog‘ida endi samokat haydab bo‘lmaydi: yangi taqiq joriy etildi | 12news