ChatGPT’da yangi yil uchun interaktiv yangilik: u yozishmalar tarxingizga qarab sizga “sovg’a” jo’natadimi?

OpenAI’ning mashhur sun’iy intellekti ChatGPT yangi yil uchun yangi interaktiv funksiyani ishga tushirdi.
Endi chat-bot foydalanuvchilarning yozishmalar tarixiga asoslanib, ularning xohishlariga mos sovg‘ani tanlab, shaxsiy video tabriknoma yuboradi.
Yangilanishda Sora neyrotarmog‘i foydalanuvchini fotosurat orqali videoga qo‘shish imkonini beradi. OpenAI rahbari Sem Altman X ijtimoiy tarmog‘ida yangi yil yangilanishi haqida ishora qilib, sovg‘a emojisini yubordi. Bu emojini chatga joylashtirsangiz, bot sizdan selfi so‘raydi va javob sifatida shaxsiy video tabriknoma yuboradi.
Video tabriknomada Santa Klaus foydalanuvchiga ismi bilan murojaat qiladi va ChatGPT foydalanuvchining yozishmalari asosida eng mos sovg‘ani tanlaydi. Masalan, ba’zilarga tennis raketkasi yoki GPU’li Raspberry Pi bir plata kompyuteri sovg‘a qilingan.
Bu yangilik ChatGPT foydalanuvchilariga shaxsiy va interaktiv bayram tajribasini taqdim etadi hamda sun’iy intellekt yordamida sovg‘a tanlashni yanada qiziqarli qiladi.
Sizga yoqadi


