Dala chetlaridan foydalanmaganlarga jarima joriy etiladi

Dala chetlaridan foydalanmaganlarga jarima joriy etiladi

2026-yil 14-iyuldan boshlab qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartib kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dala chetlarida ekin ekmagan yer egalari va foydalanuvchilarga nisbatan jarima qo‘llaniladi.
Yangi qonunchilikka asosan, sug‘orish tarmoqlari va kollektorlar atrofidagi hududlarda ekin ekilmagan taqdirda, fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, foydalanilmayotgan bunday yerlar uchun yer solig‘i ham keskin oshiriladi — amaldagi stavkaga nisbatan 3 baravar ko‘proq undiriladi.
Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, dala chetlaridan foydalanish holati maxsus elektron tizim orqali monitoring qilinadi. Ushbu tizim orqali yig‘ilgan ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq organlariga yuboriladi va jarima choralarini qo‘llashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur tartib yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, bo‘sh yotgan maydonlarni qisqartirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishga qaratilgan.
Dala chetlaridan foydalanmaganlarga jarima joriy etiladi | 12news