Dam olish kunlari havo +35 darajagacha isiydi

Dam olish kunlari havo +35 darajagacha isiydi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati +28…+35 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, juma kuni kunduzda respublika bo‘yicha quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat +24…+27 daraja atrofida, janubiy va cho‘l hududlarda esa +29…+32 darajagacha yetadi.
Shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida va Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda, yakshanba kuni esa Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shanba kuni kunduz harorat +28…+31 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarda esa +32…+35 darajagacha ko‘tariladi. Yakshanba kuni ham aksariyat hududlarda harorat shu atrofda saqlanib qoladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat +20…+23 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa +25…+28 darajagacha pasayadi.
24–25 aprel kunlari shimol va cho‘l hududlarda, 26 aprel kuni esa respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida juma kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +25…+27 daraja bo‘ladi. Shanba kuni ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayadi. Dam olish kunlari harorat +27…+30 daraja atrofida, kechalari esa +14…+17 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari havo +35 darajagacha isiydi | 12news