Dam olish kunlari ob-havo qanday bo’ladi?- 28-29-mart O’zbekistonda

Dam olish kunlari ob-havo qanday bo’ladi?- 28-29-mart O’zbekistonda

Dam olish kunlari ob-havo biroz o‘zgaradi.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo iliq va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +25…+30°C atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari esa ob-havo biroz o‘zgaradi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelish ehtimoli bor.
Harorat:
  • Shanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlar va cho‘l zonalarida pasayish boshlanadi
  • Yakshanba kuni esa deyarli barcha hududlarda kunduzi +20…+25°C bo‘ladi
  • Kechalari harorat +12…+17°C atrofida saqlanadi
Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘ladi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida:
  • Juma va shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +27…+29°C
  • Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
  • Harorat kunduzi +21…+23°C, kechasi +13…+15°C
Dam olish kunlari ob-havo qanday bo’ladi?- 28-29-mart O’zbekistonda | 12news