Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo qanday bo’ladi?— 18-19-aprel prognozi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo qanday bo’ladi?— 18-19-aprel prognozi

O‘zbekistonda yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Juma kuni ayrim hududlarda, xususan Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Boshqa hududlarda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduz kuni +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari ham respublikaning katta qismida quruq ob-havo saqlanib qoladi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Yakshanba kuni Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat ko‘plab hududlarda +20…+25 darajaga, janubiy viloyatlarda esa +26…+28 darajagacha yetadi.
19-aprel kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ayrim joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, 17–19-aprel kunlari tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda esa yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelish ehtimoli bor.
Toshkent shahrida dam olish kunlari havo biroz o‘zgaruvchan bo‘ladi. Juma kuni harorat +14…+16 daraja, shanba kuni +19…+21 daraja, yakshanba kuni esa +21…+23 darajani tashkil etadi. Ayrim vaqtlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo qanday bo’ladi?— 18-19-aprel prognozi | 12news