Dam olish kunlari O’zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?- 11-12-aprel prognozi

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 11–12-aprel dam olish kunlari O‘zbekiston hududining aksariyat qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Harorat kunduz kunlari +20…+25 daraja, kechalari esa +8…+13 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Juma kuni respublikaning ayrim hududlarida, jumladan Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Mamlakatning qolgan hududlarida esa ob-havo quruq bo‘ladi.
Shuningdek, Samarqand, Jizzax viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli saqlanib qoladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda sel va suv toshqinlari xavfi mavjudligi ogohlantirilgan.
Toshkent shahrida 10–12-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Poytaxtda harorat kechalari +11…+13 daraja, kunduz kunlari esa +23…+25 daraja atrofida bo‘ladi.