Dollar kursida sezilarli o‘sish kutilmoqda

20-yanvar kuni amalda bo‘ladigan dollar kursi 87–88 so‘mga oshishi prognoz qilinmoqda. Bu valyuta bozorida qisqa muddatli faollikni kuchaytirishi mumkin.
Banklar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra,hozirda ayrim tijorat banklari dollarning eng yuqori sotib olish va sotish kurslarini taklif qilmoqda.
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Infinbank — 11 960 so‘m
SQB — 11 960 so‘m
Asakabank — 11 950 so‘m
Asia Alliance Bank — 11 950 so‘m
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
BRB — 11 990 so‘m
Xalq banki — 11 990 so‘m
NBU — 12 000 so‘m
Agrobank — 12 000 so‘m
Mutaxassislar dollar kursidagi navbatdagi o‘sish ichki valyuta bozoridagi talab va taklif nisbatlari, shuningdek, tashqi iqtisodiy omillar bilan bog‘liq ekanini ta’kidlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tijorat banklarida valyuta kurslari kun davomida o‘zgarishi mumkin
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


