Dollar oshyapti, yevro esa o‘z o‘rnida qoldi. 16-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi valyuta kursi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16-dekabrdan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kurslarini belgiladi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 AQSh dollari 12 130 so‘m etib belgilandi. Yangi kurslar ichki valyuta bozoridagi savdolar yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan bo‘lib, rasmiy hisob-kitoblar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Asosiy valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha:
1 AQSh dollari (USD) 12 130.01 avvalgi kunga nisbatan
1 Yevro (EUR) — 14245.48
1 Rossiya rubli (RUB) — 153.04

Ma’lumot uchun, Markaziy bank tomonidan e’lon qilinadigan rasmiy valyuta kurslari tashqi savdo operatsiyalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, import va eksport shartnomalari, bojxona to‘lovlari, soliqlar hamda valyuta majburiyatlari aynan ushbu kurslar asosida hisoblab chiqiladi.
Shuningdek, dollarning so‘mga nisbatan mustahkamlanishi yoki zaiflashishi import qilinadigan mahsulotlar narxiga ta’sir ko‘rsatib, inflyatsiya jarayonlariga bevosita ta’sir etadi.
Rasmiy kurslar tijorat banklari uchun ham yo‘nalish vazifasini bajaradi. Biroq banklarda valyutani sotib olish va sotish narxlari bozor talabi va taklifiga qarab farqlanishi mumkin.
Sizga yoqadi


