Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat grantlari 2 baravar oshiriladi

Har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun ajratiladigan davlat granti kvotasi ikki baravar oshirilib, 4 mingta etib belgilandi.
Shuningdek, dunyoning top-300 taligiga kiradigan oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura bosqichida o‘qiyotgan talaba-qizlarning kontrakt to‘lovlari ham davlat tomonidan qoplab beriladi.
Bundan tashqari, har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasi hisobidan 500 mln so‘mgacha grant ajratilishi rejalashtirilgan.
Yana bir yangilikka ko‘ra, maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga o‘qishga kirgan qizlarning kasb-hunar ta’limi to‘liq davlat granti asosida moliyalashtiriladi.