Endi kartasiz ham pul o‘tkazish mumkin: O‘zbekistonda yangi tizim ishga tushdi

O‘zbekistonda bir bank hisobidan boshqasiga pul o‘tkazish imkoni yaratildi.
O‘zbekistonda banklar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazishni ta’minlaydigan yangi Account-to-Account (A2A) xizmati joriy etildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qildi.
Yangi tizim orqali endi pul o‘tkazish uchun karta raqami shart emas — mablag‘lar bevosita bir bank hisobidan boshqasiga yuboriladi. Bu esa avval keng qo‘llanilgan P2P (karta orqali o‘tkazma) tizimidan asosiy farq hisoblanadi.
Xizmat Axborotlashtirish bosh markazi tomonidan yaratilgan texnik infratuzilma asosida ishlaydi va uni mavjud bank ilovalari orqali oddiygina tanlash mumkin.
- Yangi karta ochish talab qilinmaydi
- Barcha banklar uchun texnik imkoniyat yaratilgan
- Komissiya miqdorini banklar o‘zlari belgilaydi
Markaziy bank esa komissiya siyosatiga aralashmaydi va foydalanuvchilarga oldindan tariflar bilan tanishib chiqishni tavsiya qiladi.
2025-yilda o‘tkazilgan P2P tranzaksiyalarning 75,5 foizi 10 mln so‘mdan kam bo‘lgan.