Germaniyada o‘zbekistonlik hamshiralar uchun 800 ta yangi ish o‘rni e’lon qilindi

Germaniyada o‘zbekistonlik hamshiralar uchun 800 ta yangi ish o‘rni e’lon qilindi

“Globogate” dasturi doirasida O‘zbekistonning o‘rta tibbiyot xodimlari Germaniya klinikalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Dastur orqali jami 800 nafar hamshira ishga taklif etiladi.

Taklif etilayotgan ish sharoitlariga ko‘ra, xodimlar haftasiga o‘rtacha 39 soat, kuniga esa 8 soatdan faoliyat yuritadi. Dastlabki ish haqi 1900 yevroni tashkil etadi. Nomzodlarning diplomi va malakasi Germaniyada tan olingach, oylik maosh 2500 yevrogacha oshiriladi.
Dastur ishtirokchilari uchun bir qator xarajatlar to‘liq qoplanadi. Jumladan, stipendiya, turar joy, nemis tilidan B2 daraja sertifikati olish xarajatlari, hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash, viza rasmiylashtiruvi, aviachipta hamda transfer xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Nomzodlarga qo‘yilgan asosiy talablar quyidagilardan iborat: kamida 3 yillik tibbiyot kolleji diplomi, yoshi 20 dan 36 gacha bo‘lishi, sog‘lomligi, sudlanmaganligi va 10 oylik tayyorlov kursida qatnashishga tayyorligi.
Dasturda ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 15-mayga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun nomzodlar quyidagi havola orqali murojaat qilishlari mumkin:
Germaniyada o‘zbekistonlik hamshiralar uchun 800 ta yangi ish o‘rni e’lon qilindi | 12news