Hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘adi, harorat keskin pasayadi

Hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘adi, harorat keskin pasayadi

23-27-fevral kunlari O’zbekistonda qanday harorat kutilayotgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda yangi hafta iliq va quruq ob-havo bilan boshlanadi. Biroq hafta o‘rtalariga kelib hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilib, havo harorati pasayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Dushanba kuni respublikaning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanadi. Kunduzi havo harorati +13…+18 darajagacha, janubiy viloyatlarda esa +20…+23 darajagacha ko‘tariladi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Harorat +2…+7 daraja atrofida bo‘ladi. Xorazm viloyatining ayrim hududlarida ham biroz yomg‘ir ehtimoli bor.
Seshanba kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm bilan birga Buxoro viloyati, Navoiy viloyati hamda Toshkent viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat deyarli o‘zgarmaydi.
Chorshanba kuni shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarda, 26-fevralda esa respublikaning aksariyat viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Shimoliy hududlarda yomg‘ir qor bilan aralash bo‘lishi mumkin. 26-fevral kuni harorat +8…+11 darajagacha, shimolda esa −2…+3 darajagacha pasayadi.
Juma kuni mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 2–3 darajaga ko‘tariladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 24–26-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. 26-fevralda ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. 25–26-fevral kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 20–25 m/s gacha yetib, 25-fevralda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Poytaxt Toshkentda dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +14…+16 daraja bo‘ladi. Seshanba kuni kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi +4…+6, kunduzi +14…+16 daraja atrofida bo‘ladi.
Hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘adi, harorat keskin pasayadi | 12news