Hayot Bank startaplar uchun venchur fond ishga tushirmoqda

Hayot Bank startaplar uchun venchur fond ishga tushirmoqda

Hayot Bank startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan venchur fond ishga tushirganini ma’lum qildi.

Bank matbuot xizmatigako‘ra, “Hayot Ventures” nomli fond dastlabki — MVP bosqichidagi startaplarni moliyalashtirishga ixtisoslashadi. Fond yiliga 20−40 ta startapni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Hayot Ventures 2025-yil 4-iyulda tashkil etilgan. Uning 90 foiz ulushi Ismoiljon Jo‘rayevga, qolgan 10 foizi esa Hayot Birjaga tegishli.
Ma’lumot uchun, “Hayot Birja” ta’sischisi — Hayot Bank hisoblanadi. Bank to‘liq xususiy bo‘lib, uning asoschisi Botir Rahimovdir.
“Hayot Ventures”ga Tigran Bekmullin rahbar etib tayinlangan. U ochiq manbalarda SQB Ventures fondi rahbari sifatida ham qayd etilgan, shuningdek “Sug‘urta Bozor” startapining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq, 26-mart kuni Yangi O‘zbekiston universiteti, SQB Bank, SQB Ventures hamda Hayot Bank o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolangani ma’lum qilingandi.
Hayot Bank startaplar uchun venchur fond ishga tushirmoqda | 12news