Ilon Mask dunyodagi eng qudratli gigavattli superkompyuterni ishga tushirdi

Biznesmen Ilon Mask sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan Colossus 2 nomli superkompyuterni rasman ishga tushirdi.
Mazkur tizim hozircha 1 gigavatt elektr energiyasi iste’mol qilmoqda, bu esa yirik shaharlarning, jumladan San-Fransiskoning eng yuqori energiya sarfidan ham ko‘proqdir.
Ma’lum qilinishicha, superkompyuter sun’iy intellekt klasteri sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, u Maskga tegishli Grok modelini o‘qitishda foydalaniladi. Loyihaning keyingi bosqichida, 2026 yil aprel oyida tizim quvvati 1,5 gigavattgacha oshirilishi rejalashtirilgan. Kelajakda esa energiya iste’moli 2 gigavatt darajasiga yetkazilishi mumkin.
Mutaxassislar ushbu superkompyuterni dunyodagi eng kuchli hisoblash tizimlaridan biri sifatida baholamoqda. Biroq uning nihoyatda yuqori energiya talabi ekologiya va infratuzilmaga tushadigan yuk borasida savollarni ham keltirib chiqarmoqda.
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


