Ilon Mask XChat’ni ishga tushirmoqchi

Texnologiya sohasidagi tadbirkor Ilon Mask yangi messenjer — XChat’ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Xabarlargako‘ra, bu ilova X (sobiq Twitter) platformasi bilan bog‘langan bo‘lib, foydalanuvchilarga shaxsiy va guruh chatlari, audio hamda video qo‘ng‘iroqlar, fayl yuborish, xabarlarni tahrirlash va o‘chirish kabi imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, XChat’da end-to-end shifrlash tizimi hamda xabarlarni ruxsatsiz ko‘rishni cheklash, jumladan skrinshot qilishni bloklash funksiyalari bo‘lishi ehtimoli bor.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ilova avval iOS platformasida taqdim etilishi mumkin, Android versiyasining chiqish sanasi esa hozircha noma’lum.
Hozircha ushbu ma’lumotlar rasmiy tasdiqdan o‘tmagan bo‘lib, loyiha haqidagi tafsilotlar yaqin vaqt ichida aniqlanishi kutilmoqda.