Issiqxonalar Toshkentdan ko‘chiriladimi? Yangi qaror tafsilotlari

Issiqxonalar Toshkentdan ko‘chiriladimi? Yangi qaror tafsilotlari

1-avgustdan boshlab Toshkent shahri va unga tutash tumanlarda faoliyat yuritayotgan issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

1-avgustdan boshlab Toshkent shahri va unga yaqin hududlarda (Qibray, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari) faoliyat yuritayotgan issiqxonalarga tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bundan tashqari, zararli yoqilg‘ilar — ko‘mir, mazut va boshqa ekologiyaga salbiy ta’sir qiluvchi manbalardan foydalanadigan issiqxonalar uchun kompensatsiya to‘lovlari 20 baravargacha oshiriladi, suvdan foydalanganlik uchun soliq ham yuqori stavkada undiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, ushbu hududlarda zararli yoqilg‘ida ishlovchi yangi issiqxonalar tashkil etish taqiqlanadi. Amaldagi issiqxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya va imtiyozlar cheklanadi, kredit ajratish ham qisqartiriladi. Shu bilan birga, yer va mol-mulk solig‘ini kamida 10 baravar oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.
Buning o‘rniga issiqxonalarni Surxon-Agro erkin iqtisodiy zonasiga ko‘chirish taklif qilinmoqda. Ko‘chishga rozi bo‘lgan xo‘jaliklarga bir qator yengilliklar beriladi: kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi, 3 yilgacha imtiyozli davr beriladi. Shuningdek, issiqxonalarni demontaj qilish, tashish va qayta o‘rnatish xarajatlarining bir qismi (har sotix uchun 500 ming so‘mgacha) qoplab beriladi.
Issiqxonalar Toshkentdan ko‘chiriladimi? Yangi qaror tafsilotlari | 12news