«Juda g‘alati ishlar» filmi Netflix’da rekord darajada 1,2 mln ko'rildi

Netflix’ning mashhur «Juda g‘alati ishlar» (Stranger Things) seriali tomoshalar soni bo‘yicha platforma tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi.
Beshinchi va yakuniy mavsumning birinchi qismi premyerasidan so‘ng serialning umumiy tomoshalari 1,2 milliardga yetdi.
Variety nashrining xabar berishicha, ushbu ko‘rsatkich Netflix tomonidan tomoshabinlar serialni tomosha qilishga sarflagan umumiy vaqtni barcha mavjud epizodlarning jami davomiyligiga bo‘lish orqali hisoblangan. Natijada loyiha «Wednesday» va «Squed Game» kabi mashhur seriallarni ortda qoldirgan.
Ma’lum qilinishicha, beshinchi mavsum uch qismga bo‘lingan. Dastlabki to‘rtta qism 26 noyabr kuni namoyish etilgan. Keyingi uchta qism 25 dekabrda, serialning yakuniy epizodi esa 31 dekabr kuni tomoshabinlarga taqdim etiladi.
Netflix ma’lumotlariga ko‘ra, beshinchi mavsumning birinchi qismi premyeradan keyingi 25 kun ichida 102,6 million marta tomosha qilingan.
Serial voqealari 1980-yillarda AQShning Houkinz nomli kichik shaharchasida kechadi. Syujet markazida sirli tarzda bedarak yo‘qolgan o‘smir va bu hodisaning g‘ayritabiiy kuchlar bilan bog‘liqligi turadi.
Variety’ga ko‘ra, serial tarixidagi eng ko‘p qayta tomosha qilingan sahnalar orasida to‘rtinchi mavsumdagi Nensi Uiller ishtirokidagi epizod hamda Dastin va Suzi tomonidan kuylangan Never Ending Story qo‘shig‘i aks etgan sahna bor.
Sizga yoqadi


