KFC Evos’ni quvib o‘tdi

2025-yilda KFC O‘zbekistondagi fast-food bozorida yetakchilikni qo‘lga oldi.
2025-yilda KFC restoranlari Evosni ortda qoldirib, 1 trillion so‘mdan oshiq daromad qilgan O‘zbekistondagi ilk fast-food tarmog‘iga aylandi.
Yil davomida KFC daromadi 36 foizga oshib, 1,06 trillion so‘mga yetdi. Evos daromadi esa 3 foizga pasayib, 835,4 milliard so‘mni tashkil qildi.
iHamkor.uz ma’lumotlariga ko‘ra, sof foyda bo‘yicha ham KFC Evos’ni ortda qoldirgan:
2024-yil
- KFC — 62,1 mlrd so‘m
- Evos — 74,1 mlrd so‘m
2025-yil
- KFC — 100,4 mlrd so‘m (+61,7%)
- Evos — 58,6 mlrd so‘m (−20,9%)
Demak, 2025-yilda KFC O‘zbekistondagi 15 ta bankdan ham ko‘proq foyda olgan.
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oylik savdo hajmi bo‘yicha KFC 2025-yil noyabrida Evos’dan o‘tib ketgan. Shundan beri farq tobora kattalashib bormoqda.
@Beshtorr’ning ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi bitta KFC restoranining o‘rtacha tushumi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.