Kuniga 10 ming qadam uchun yana pul beriladi: loyiha qaytmoqda

Kuniga 10 ming qadam uchun yana pul beriladi: loyiha qaytmoqda

2026-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda “10 ming qadam piyoda” tashabbusi qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, loyiha “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladi. Mazkur platforma aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom odatlarni keng joriy etishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq, platforma faoliyatini moliyalashtirish uchun har yili Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 10 milliard so‘m ajratiladi.
Avval ham amal qilgan ushbu tizim doirasida foydalanuvchilar kunlik piyoda yurish ko‘rsatkichlariga qarab rag‘batlantirilgan. Endilikda loyiha yangilangan shaklda qayta ishga tushirilishi kutilmoqda.
Hozircha to‘lov miqdorlari va rag‘batlantirish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ochiqlanmadi.
Kuniga 10 ming qadam uchun yana pul beriladi: loyiha qaytmoqda | 12news