Meta Sukerbergning raqamli egizagini yaratmoqda

Meta Sukerbergning raqamli egizagini yaratmoqda

Meta Platforms kompaniyasi bosh direktori Mark Zuckerbergning sun’iy intellekt asosidagi “raqamli egizagi”ni yaratish ustida ishlamoqda. Ushbu loyiha orqali Sukerbergning virtual avatari xodimlar bilan real vaqt rejimida muloqot qila olishi rejalashtirilgan.

Manbalarga ko‘ra, loyiha kompaniyaning “shaxsiy superintellekt” yaratish strategiyasining muhim qismihisoblanadi. So‘nggi paytlarda aynan Sukerbergning AI qiyofadoshini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yangi tizim Sukerbergning nutq uslubi, imo-ishoralari va ommaviy chiqishlari asosida o‘qitilmoqda. Buning uchun uning video chiqishlari, ovoz yozuvlari va suratlaridan foydalanilmoqda. Maqsad — xodimlarga kompaniya rahbari bilan yanada “yaqinroq aloqa” hissini berish.
Ma’lum qilinishicha, Mark Zuckerberg ushbu 3D-avatarni sinovdan o‘tkazish jarayonida shaxsan ishtirok etmoqda. Hozircha loyiha dastlabki bosqichda bo‘lib, u alohida shaxsiy AI yordamchi yaratish tashabbusidan mustaqil hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Meta Platforms 2023-yilda Meta AI xizmatini ishga tushirgan edi. Keyinchalik esa foydalanuvchilarga o‘z AI personajlarini yaratish imkonini beruvchi AI Studio platformasini ham taqdim etdi.
Meta Sukerbergning raqamli egizagini yaratmoqda | 12news