Nufuzli OTMlarga kirganlarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi

Kreditdan bakalavriat va magistratura dasturlarida ta’lim olish uchun foydalanish mumkin.
Hukumatning 2026-yil 2-martdagi 88-son qaroriga muvofiq, QS va THE reytingida TOP-300 talikka kirgan universitetlarda o‘qishni istagan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hamda pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi.
Kreditdan bakalavriat va magistratura dasturlarida ta’lim olish uchun foydalanish mumkin.
Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi. Hozirda asosiy stavka 14 foizni tashkil etadi.
Kredit bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada ajratiladi.
Asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ta’lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- ariza;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- taklifnoma xati (1-kurs talabalari uchun);
- akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda OTMning bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
- birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari to‘g‘risida ma’lumot;
- mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).