OpenAI Disney bilan 10 milliard so‘mlik kelishuvdan voz kechdi va Sora loyihasini yopdi

OpenAI Disney bilan 10 milliard so‘mlik kelishuvdan voz kechdi va Sora loyihasini yopdi

OpenAI kompaniyasi Disney bilan taxminan 1 milliard AQSh dollarlik kelishuvni bekor qilishga va Sora nomli AI video va rasm generatori loyihasini to‘xtatishga qaror qildi.

Kelishuv yarim yildan kamroq vaqt oldin imzolangan bo‘lib, unda Disney belgilangan personajlardan foydalanish evaziga sarmoya kiritishi ko‘zda tutilgan edi, deb xabar beradiFinancial Times.
Shartnoma Marvel, Pixar va Star Wars franshizalariga oid 200 dan ortiq qahramonni qamrab olgan edi. Birinchi videolar 2026 yil boshida chiqishi rejalashtirilgan edi. Shu bilan birga, kelishuv studiya aktyorlarining tashqi ko‘rinishi va ovozlaridan foydalanishga ruxsat bermagan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha auditoriya qiziqishining pastligi va murakkab iqtisodiy sharoitlar tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan. Shu yilning dekabrida Sora orqali yaratilgan Disney uslubidagi kontentga talabning pastligi haqida xabar berilgan edi.
Disney esa OpenAI ning boshqa yo‘nalishlarga e’tibor qaratish qarorini hurmat qilishini va kelajakda ham muxlislar bilan ishlashning yangi usullarini izlash uchun AI platformalari bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanligini bildirgan.
Kelishuvdan voz kechish qarori OpenAI rahbari Sam Altman xodimlarga asosiy vazifalarga ko‘proq e’tibor qaratishni — korporativ mijozlar uchun Anthropic bilan raqobatlashish va Google bosimi ostida ChatGPT yetakchiligini saqlashni — tavsiya qilganidan keyin qabul qilingan.
Oldinroq Bloomberg agentligi OpenAI Sora bo‘yicha Universal Pictures va Warner Bros. Discovery bilan ham hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borganini xabar qilgan, ammo kinostudiyalar ma’lumotlaridan foydalanish xavfi tufayli shartnomalarni tezda imzolashni xohlashmagan.
OpenAI Disney bilan 10 milliard so‘mlik kelishuvdan voz kechdi va Sora loyihasini yopdi | 12news