"Oskar"ga nomzodlar e’lon qilindi. Ro'yxatdan kimlar o'rin olgan?

Los-Anjelesda Amerika Kinoakademiyasining 98-marotaba topshiriladigan «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar e’lon qilindi.
Bu yil «Eng yaxshi film» nominatsiyasida quyidagi kartinalar ko‘rsatildi: «Bugoniya», «F1», «Frankenshteyn», «Gamnet», «Marti Ajoyib», «Jangdan jangga», «Maxfiy agent», «Sentimental qadriyat», «Gunohkorlar» va «Poyezd tushlari».

«Eng yaxshi animatsion qisqa metrajli film» yo‘nalishida rossiyalik animator Konstantin Bronzitning «Uch opa-singil» nomli kartinasi nomzodlar qatoriga kiritildi. Film titrlarida rejissyor Timur Kognov taxallusi ostida ko‘rsatilgan. Bu Bronzit uchun ushbu nominatsiya bo‘yicha uchinchi bor «Oskar»ga nomzod bo‘lishi hisoblanadi.
«Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida Rossiya maktablaridagi targ‘ibot mavzusiga bag‘ishlangan «Janob Hech kim Putinga qarshi» filmi taqdim etildi. Kartina Ural o‘qituvchisi Pavel Talankin tomonidan hujjatli film yaratuvchisi Devid Borenshteyn bilan hamkorlikda suratga olingan.
Bu yil «Oskar» tarixida ilk bor «Eng yaxshi kasting» nominatsiyasi joriy etildi. Ushbu yo‘nalishda «Gamnet», «Marti Ajoyib», «Jangdan jangga», «Maxfiy agent» va «Gunohkorlar» filmlari nomzod bo‘ldi.
«Eng yaxshi rejissyor» mukofotiga Pol Tomas Anderson, Xloya Chjao, Rayan Kugler, Yoakim Trier va Josh Safdi da’vogarlik qilmoqda.
«Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasida Timoti Shalame, Leonardo Di Kaprio, Vagner Moura, Maykl B. Jordan va Itan Xouk ko‘rsatilgan.
«Eng yaxshi ayol roli» uchun esa Jessi Bakli, Rouz Birn, Renate Reynsve, Emma Stoun va Keyt Xadson nomzod etib ko‘rsatilgan.
«Eng yaxshi ayol roli» uchun esa Jessi Bakli, Rouz Birn, Renate Reynsve, Emma Stoun va Keyt Xadson nomzod etib ko‘rsatilgan.
Eng ko‘p nominatsiyani «Gunohkorlar» filmi qo‘lga kiritdi — kartina 16 ta yo‘nalishda nomzod bo‘lib, «Oskar» tarixidagi rekordni yangiladi. Avvalgi rekord «Hamma narsa Eva haqida», «Titanik» va «La-la Lend» filmlariga tegishli bo‘lib, ularning har biri 14 tadan nominatsiyaga ega bo‘lgan.
«Oskar» mukofotini topshirish marosimi 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklarni baham ko'ring
Sizga yoqadi


