O‘zbekiston Belarusda yer ijaraga olib, qoramol yetishtiradi

O‘zbekiston Belarusda yer ijaraga olib, qoramol yetishtiradi

O‘zbekiston Belarus hududida yirik chorvachilik loyihasini amalga oshiradi — buning uchun 4 ming gektar yer maydoni uzoq muddatga ijaraga olinadi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida dastlabki bosqichda ming bosh qoramol yetishtirish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Kelishuvlar Belarusning Vitebsk viloyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida erishildi. O‘zbekiston delegatsiyasi hududdagi chorvachilik komplekslari, jumladan Braslav, Shumilin va Postav tumanlaridagi obyektlar faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, tashrif doirasida qator korxonalar, jumladan “Asl Yuksalish Savdo”, “Muborak qorako‘lchilik” hamda “Sirotinskiy” chorvachilik fermasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistondan Belarusga har yili 60 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinadi.
O‘zbekiston Belarusda yer ijaraga olib, qoramol yetishtiradi | 12news