Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni tikladi: yangi jadval e’lon qilindi

Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni tikladi: yangi jadval e’lon qilindi

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar yana yo‘lga qo‘yilmoqda.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni qayta tiklashini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi axborot xizmati ma’lum qilgan.
Yangi jadvalga ko‘ra, reyslar haftasiga bir necha marotaba amalga oshiriladi. Jumladan, dushanba va payshanba kunlari samolyotlar Toshkentdan soat 08:05 (ayrim kunlari 08:10) da Tel-Avivga uchadi. Qaytish reyslari esa 13:35 (ba’zan 12:35) da amalga oshiriladi.
Seshanba kunlari Toshkentdan 15:15 da uchadigan reys Tel-Avivdan qaytishda Samarqand orqali Toshkentga yo‘l oladi (20:15).
Shuningdek, 3-maydan boshlab yakshanba kunlari qo‘shimcha reys ham yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu qatnov Toshkent – Samarqand – Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilib, Tel-Avivdan Toshkentga qaytish 13:35 da rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Transport vazirligi tomonidan 10-martdan boshlab O‘zbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga ikki tomonlama yo‘lovchi tashuvlariga ruxsat berilgan edi. Shu bilan birga, yo‘lovchilarning turi va fuqaroligiga oid cheklovlar ham bekor qilingan.
Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni tikladi: yangi jadval e’lon qilindi | 12news