O‘zbekiston va Qozog‘iston savdoni 10 mlrd dollarga olib chiqmoqchi

O‘zbekiston va Qozog‘iston savdoni 10 mlrd dollarga olib chiqmoqchi

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev savdo aylanmasini 10 mlrd dollarga yetkazishni muhokama qildi.

Buxoro shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5 milliard dollarni tashkil etadi va uni 10 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, energetika, logistika, mashinasozlik va transport infratuzilmasi sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish, chegara punktlarini modernizatsiya qilish va yangi transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi.
Tomonlar raqamlashtirish, yuqori texnologiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida ham hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Yakunda hukumatlarga barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish topshirildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdoni 10 mlrd dollarga olib chiqmoqchi | 12news