O’zbekistonda 16-mart kuni dollar kursi qanday bo’ladi?

O‘zbekistonda 2026-yil 16-mart kuni amal qiladigan valyuta kurslari e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, AQSh dollarining rasmiy kursi yana pasaydi.
Markaziy bank belgilagan yangi kursga muvofiq, 1 AQSh dollari 12 081,63 so‘m etib belgilandi. Bu esa oldingi kunga nisbatan 20,76 so‘mga arzonlaganini anglatadi.
Shu tariqa, so‘nggi kunlarda dollar kursida pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Rasmiy kurs mamlakat hududidagi banklar va valyuta ayirboshlash shoxobchalarida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun asosiy orientir hisoblanadi.
Markaziy bank har kuni xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kursini e’lon qilib boradi.