O'zbekistonda 2-aprelda yomg'ir yog'ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 2-aprel, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Prognozga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 3–8 m/s ni tashkil etadi. Harorat kechasi 15–17 daraja, kunduzi 27–29 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 13–18 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol tezligi 9–14 m/s. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja, ayrim joylarda 26–28 darajagacha yetadi.
Jizzax va Samarqand viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 18–23 daraja.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol tezligi momaqaldiroq vaqtida 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 15–20 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, 2–6-aprel kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.