O’zbekistonda 20-25-aprel kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

O‘zbekiston hududida hafta o‘rtalariga kelib ob-havo biroz o‘zgaradi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, seshanba-payshanba kunlari ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayib, +18…+23 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Dushanba kuni esa respublikaning aksariyat qismida quruq va iliq ob-havo saqlanadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +24…+29 daraja atrofida bo‘ladi.
21–23 aprel kunlari mamlakat bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 21 aprelda havo harorati +24…+29 daraja bo‘lsa, 22–23 aprelga kelib u +18…+23 darajagacha pasayadi.
Shuningdek, 20–22 aprel kunlari ayrim hududlarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.
24 apreldan boshlab esa yana quruq ob-havo qaytadi va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi davom etadi. Bu joylarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi mavjud.
Poytaxt Toshkent shahrida dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Seshanba kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22–23 aprel kunlari ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 23 aprelga kelib +20…+22 darajagacha pasayadi. 24 aprelda esa yana quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.