O‘zbekistonda banklar samaradorligi: har bir xodimga to‘g‘ri keladigan foyda ma’lum qilindi

O‘zbekistonda banklar samaradorligi: har bir xodimga to‘g‘ri keladigan foyda ma’lum qilindi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston banklarida har bir xodimga to‘g‘ri keladigan sof foyda ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Mazkur reyting banklar samaradorligini baholashda muhim indikatorlardan biri hisoblanadi.

Yetakchilikni KDB Bank Uzbekistan egalladi — bu bankda bir nafar xodimga 2,6 mlrd so‘m sof foyda to‘g‘ri kelgan.
Keyingi o‘rinlarda:
  • Orient Finans Bank — 1,1 mlrd so‘m
  • Soderatbank — 1 mlrd so‘m
  • Asia Alliance Bank — 512 mln so‘m
  • Octobank — 447 mln so‘m
  • Kapitalbank — 443 mln so‘m
  • Sanoatqurilishbank — 417 mln so‘m
  • Davr Bank — 403 mln so‘m
  • Hamkorbank — 392 mln so‘m
  • Trastbank — 381 mln so‘m
E’tiborlisi, reytingdan davlat banklari orasida faqat Sanoatqurilishbank o‘rin oldi. Bankning 40 foiz ulushi 2026-yilda Milliy investitsiya jamg‘armasi orqali IPOga chiqarilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda banklar samaradorligi: har bir xodimga to‘g‘ri keladigan foyda ma’lum qilindi | 12news