O‘zbekistonda ish topish yo’llari va eng ko’p maosh to’lanadigan sohalar

Biz O‘zbekistonda ish topishning barcha bosqichlari, mashhur platformalar, talab qilinadigan hujjatlar va qaysi sohalarda eng yuqori maoshlar taklif qilinayotganini batafsil tahlil qilamiz.
Ish topish jarayoni ancha o‘zgarib, raqamli shaklga o‘tib bormoqda. Endi ish izlash uchun gazetalarni varaqlash yoki tanishlarni ishga solishga ehtiyoj qolmadi hisob. Internetda — ayniqsa, maxsus ish e’lonlari platformalari va Telegram kanallari orqali — siz o‘z sohangizdagi bo‘sh ish o‘rinlarini bir necha daqiqada topishingiz mumkin.
Quyida biz O‘zbekistonda ish topishning barcha bosqichlari, mashhur platformalar, talab qilinadigan hujjatlar va qaysi sohalarda eng yuqori maoshlar taklif qilinayotganini batafsil tahlil qilamiz.
Ish e’lonlari qayerda beriladi?
O‘zbekistonda ish e’lonlari joylanadigan asosiy platformalar quyildagilar:
- Maxsus ish qidirish platformalari — hh.uz, ishkop.uz, uzjobs.uz olx.uz, rabota.uz kabi saytlar.
- Telegram kanallari — tezkor va ommabop variant, bu haqda quyida alohida bo‘limda so‘z yuritamiz.
- Ijtimoiy tarmoqlar — Facebook, LinkedIn, Instagram sahifalarida ham ish e’lonlari faol joylashtiriladi.
- Kompaniyalar saytlarida — yirik kompaniyalar o‘z rasmiy veb-saytlarida “Career” yoki “Vakansiyalar” bo‘limi orqali e’lon joylashtiradi.

Ish beruvchi va qidiruvchilar eng ko’p Telegram va hh.uz platformasidan juda faol foydalanishadi.
Ishga ariza topshirish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar
Ishga ariza topshirish jarayonida odatda quyidagi hujjatlar yoki ma’lumotlar so‘raladi:
- Resume (CV) — sizning ish tajribangiz, ta’limingiz, malakangiz va aloqa ma’lumotlaringiz jamlangan hujjat.
- Motivatsion xat — nega aynan shu ishni xohlaysiz, kompaniyaga qanday foyda keltira olishingizni tushuntiruvchi xat.
- Diplom va sertifikatlar nusxasi — agar ishda malaka yoki o‘qish darajasi talab qilinsa.
- Portfolio — ayniqsa jurnalistlar, dizaynerlar, IT mutaxassislari, SMM menejerlar uchun juda muhim.
- Pasport nusxasi yoki identifikatsiya ma’lumotlari — ayrim platformalarda shaxsni tasdiqlash uchun so‘raladi.
Bonus maslahat: hozir ko‘plab ish beruvchilar ingliz tilida yozilgan, professional CV’larni afzal ko‘radi. Shuning uchun uni zamonaviy formatda tayyorlash foydali.

Ishga ariza topshirishning bosqichlari
Ko‘pchilik ish qidiruvchilar ish e’lonini ko‘rgach, faqat “ariza yuborish” bilan cheklanadi. Aslida jarayon biroz murakkabroq va strategik yondashuvni talab qiladi:
- Bozorni tahlil qilish — avval siz qaysi sohada ishlashni xohlayotganingizni, o‘rtacha maoshlarni va talablarni aniqlang.
- Mos e’lonlarni topish — maxsus filtrlar orqali tajriba, joylashuv va maosh bo‘yicha tanlang.
- CV va motivatsion xatni moslashtirish — har bir kompaniya uchun xatni alohida yozish tavsiya etiladi.
- Suhbatga tayyorgarlik — kompaniya haqida o‘qing, savollarga oldindan javob tayyorlang.
- Sinov muddati — ko‘pchilik ishlar 1–3 oylik “probatsiya” muddatini o‘z ichiga oladi.
Eng ko‘p maosh to‘lanadigan sohalar (platformalar ma’lumotiga ko‘ra)

Qiziqarli fakt: So‘nggi yillarda remote (masofaviy) ishlar, ayniqsa IT va kontent yo‘nalishida, tobora ommalashib bormoqda. Ko‘pchilik xorijiy kompaniyalar O‘zbekistondan mutaxassislarni yollay boshlagan.
Telegram’dagi ish e’lonlari kanallari (to‘liq 2025 ro‘yxat)
Bugungi kunda O‘zbekistonda ish topish uchun eng qulay manbalardan biri — Telegram. Unda turli sohalarga oid minglab yangi vakansiyalar har kuni e’lon qilinadi. Quyida eng mashhur, faol va ishonchli ish kanallarining to‘liq ro‘yxati keltirilgan:


Foydalanish bo‘yicha foydali maslahatlar:
- Bir nechta kanalga a’zo bo‘ling, chunki har biri turli sohalarni yoritadi.
- Har doim kompaniya nomini va aloqa raqamini tekshirib chiqing — firibgarliklardan saqlaning.
- So‘nggi post sanasiga e’tibor bering, eski e’lonlar ko‘pincha yaroqsiz bo‘ladi.
- IT, marketing, jurnalistika kabi sohalar uchun sohaviy kanallarni tanlang, bu aniqroq natija beradi.
- E’lonni ko‘rgach, darhol professional CV va motivatsion xat bilan ariza yuborish tavsiya etiladi.

Ish topishda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar
- Ish shartnomasi — har doim imzolang, unda ish vaqti, oylik, majburiyatlar aniq yozilishi kerak.
- Soxta e’lonlardan saqlaning — “tez pul topish”, “uyda oson ish” kabi takliflar ko‘pincha firibgarlik bo‘ladi.
- Rasmiy manbalarni tekshiring — kompaniyaning rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoq sahifasiga kiring.
- Maoshni oldindan aniqlang — ayrim kompaniyalar sinov muddatida to‘lov qilmasligi mumkin, shuning uchun bu shartni oldindan so‘rab oling.
- Professional imidj yarating — onlayn profil (LinkedIn, Telegram bio) siz haqingizda birinchi taassurotni shakllantiradi.
Yengil qabul qiling
O‘zbekistonda ish topish endi avvalgidek murakkab emas. Siz uchun turli imkoniyatlar — onlayn platformalar, Telegram kanallari, ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq. Muhimi, siz o‘zingizni to‘g‘ri tanitish, professional hujjat tayyorlash va har bir bosqichda ishonch bilan harakat qilishingiz kerak.
Agar o‘z mahoratingizni rivojlantirsangiz va to‘g‘ri manbalardan foydalansangiz, orzu qilgan ishingizni topish osonlashadi.
Sizga yoqadi


