O'zbekistonda Milliy investitsiya jamg‘armasi IPOsi may oyida o‘tkaziladi

O'zbekistonda Milliy investitsiya jamg‘armasi IPOsi may oyida o‘tkaziladi

2026-yil may oyida O‘zbekistonda Milliy investitsiya jamg‘armasining IPOsi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jamg‘arma umumiy qiymati 2,4 mlrd dollarlik portfel aksiyalariga ega bo‘lib, IPO doirasida uning 30 foizi ommaviy savdoga chiqariladi.
Jamg‘arma tarkibiga 13 ta strategik davlat korxonasi kiradi. Ular orasida Sanoat-qurilish bankining 40 foizlik ulushi ham mavjud. Shuningdek, 2025-yilda tarkibga Biznesni rivojlantirish banki va Mikrokreditbank ulushlari ham qo‘shilgan edi.
IPO London va Toshkent fond bozorlarida dual listing, ya’ni ikki tomonlama joylashtirish shaklida o‘tkaziladi.
Shuningdek, joriy yilda yirik soliq to‘lovchilardan biri — Navoiy kon-metallurgiya kombinati IPOsi ham o‘tkazilishi kutilmoqda. Biroq, mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu jarayonni amalga oshirish sur’ati ko‘p jihatdan Milliy investitsiya jamg‘armasi IPOsi natijalariga bog‘liq bo‘ladi.
O'zbekistonda Milliy investitsiya jamg‘armasi IPOsi may oyida o‘tkaziladi | 12news