O‘zbekistonda oltin narxlari yil davomida 49-karra rekord yangiladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, oltinning gramm narxi 1 792 240 so‘mni tashkil qilmoqda, bu o‘tgan jumaga nisbatan 0,09% ga oshgan. 5 grammli lingot esa 8,961 mln so‘mga baholangan.
O‘zbekistonda oltin narxlari yil davomida 49-karra rekord yangiladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oltinning gramm narxi 1 792 240 so‘mni tashkil qilmoqda, bu o‘tgan jumaga nisbatan 0,09% ga oshgan. 5 grammli lingot esa 8,961 mln so‘mga baholangan.
Qimmatbaho metall narxlari besh savdo kunida ketma-ket rekord yangilamoqda, garchi 26 dekabrdan so‘ng o‘sish sekinlashgan bo‘lsa-da, yil davomida oltin narxi 58,3% ga oshdi.
Jahon bozorida oldingi haftadagi rallidan so‘ng kotirovkalar biroz barqarorlashgan. Agar kechasi bir troy unsiyasi $4540 dan oshgan bo‘lsa, hozirgi narx $4515 atrofida barqarorlashgan ($145,16 gramm uchun).
Ekspertlar kichik narx o‘zgarishlarini AQSh dollari kursi dinamikasi bilan izohlamoqda. Investorlar esa AQShda dekabr oyiga va yil yakuniga oid inflyatsiya hamda mehnat bozori ma’lumotlarini kutmoqda. Ushbu ma’lumotlar Federal Rezerv tizimi qarorlari bo‘yicha prognozlar tuzishda asos bo‘ladi
Sizga yoqadi


