O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 7 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 7 mln so‘mga yaqinlashdi

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning I choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln 820 ming so‘mni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1 mln so‘mga oshgan, ya’ni mamlakatda o‘rtacha ish haqi 7 mln so‘mga yaqinlashgan.
Hududlar kesimida eng yuqori oylik Toshkent shahrida kuzatilib, u yerda o‘rtacha ish haqi 11 mln 700 ming so‘mni tashkil etgan. Eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etilib, o‘rtacha maosh 4 mln 660 ming so‘m bo‘lgan.
Sohalar bo‘yicha tahlil qilinsa, eng yuqori ish haqi bank va sug‘urta tizimida ishlovchilarga to‘g‘ri keladi — bu yo‘nalishda o‘rtacha maosh 18 mln 600 ming so‘mni tashkil etgan.
Aksincha, eng past daromad qishloq xo‘jaligi sohasida kuzatilgan bo‘lib, bu yerda o‘rtacha oylik 3 mln 500 ming so‘m atrofida qayd etilgan.
Mutaxassislar o‘rtacha ish haqi o‘sishi iqtisodiy faollikning ortayotgani bilan bog‘liq ekanini ta’kidlashmoqda. Shu bilan birga, hududlar va sohalar o‘rtasidagi tafovutlar saqlanib qolmoqda.
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 7 mln so‘mga yaqinlashdi | 12news