O‘zbekistonda yirik qurilish loyihalari muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda yirik qurilish loyihalari muddati uzaytirilishi mumkin

Hozirgi tartibga ko‘ra, obyekt maydonidan qat’i nazar qurilish ishlari 2 yil ichida yakunlanishi kerak. Agar bu muddat buzilsa, yer solig‘i stavkalari oshiriladi. Biroq quruvchilar zamonaviy va sifatli loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘proq vaqt zarurligini ta’kidlamoqda.

Anvar Temirov — Yuksalish Group ta’sischisi — maydoni 10 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan yirik obyektlar uchun qurilish muddatini 3 yilgacha uzaytirishni taklif qildi. Uning fikricha, bu xarajatlarni kamaytiradi va yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi.
Davlat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, bu qaror qurilish tannarxini pasaytirishi va sohada yirik loyihalar rivojiga xizmat qilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u qurilish sifati ustuvor talab bo‘lib qolishini qayd etdi.
“Uy-joy biz uchun juda muhim. Ammo sifat masalasiga jiddiy e’tibor qaratish kerak”, — dedi prezident.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yuksalish Group hozirda 14 mingta xonadon qurmoqda va 2026-yilda yana 6 mingdan ortiq uy-joyni foydalanishga topshirishni rejalashtirgan.
O‘zbekistonda yirik qurilish loyihalari muddati uzaytirilishi mumkin | 12news